7-mashq. Matnni foydalanish uchun berilgan soʻzlar bilan toʻldiring. O‘zbek mahallalari, , bir-biriga tutashib ketgan, eshigining
oldiga gullar, daraxtlar ekilgan, bir yoki ikki qavatli uylardan iborat
boʻladi. ... ushbu serfayz hovlilarning yana bir oʻziga xosligi har kuni ertalab va kechqurun uyning atrofini yosh kelinlar-u qizlar suv sepib supurishidadir. Mahalla ko‘chalaridagi obodlik, orastalikni koʻrib dilingiz quvnaydi. ..., uy a'zolarining qandayligi ostonasidan bilinadi.
Foydalanish uchun soʻzlar: odatda, haqiqatdan ham, xalqimizning
e'tiroficha.
O‘zbek mahallalari, odatda , bir-biriga tutashib ketgan, eshigining
oldiga gullar, daraxtlar ekilgan, bir yoki ikki qavatli uylardan iborat
boʻladi. Haqiqatdan ham ushbu serfayz hovlilarning yana bir oʻziga xosligi har kuni ertalab va kechqurun uyning atrofini yosh kelinlar-u qizlar suv sepib supurishidadir. Mahalla ko‘chalaridagi obodlik, orastalikni koʻrib dilingiz quvnaydi. Xalaimizning e'troficha , uy a'zolarining qandayligi ostonasidan bilinadi.