Daraxtlardagi sariq barglar to'kilib terilgan , yer yuzi o'zining qishki sariq kiyimini kiygan edi . To'rt tomonining o'ralganligi soyasida yaproqlarini to'kilishdan saqlab qolgan gilos yog'ochlari ham bu kunning tungi qora sovug'iga chidolmay yelning ozgina harakati bilan-da barglarini shirt-shirt uzib tashlamoqda edilar. Havo ochiq bo'lib, quyosh tuzukkina ko'tarilgan, ammo uning ham bu kun uncha ta'siri yo'q , bu kungi qora sovuq quyosh kuchini-da kesgan edi.