1. Bir ma'noli va ko'p ma'noli soʻzlar deb so'zlarga aytiladi

Sanchos106 Sanchos106    3   24.09.2021 20:15    7

Ответы
Елена21st Елена21st  24.09.2021 20:20

So’zlar bir ma’noli yoki ko’p ma’noli bo’ladi. Bir ma’nolilik hodisasi monosemiya deyiladi. Bir ma’noli so’zlar monosemantik so’zlar deyiladi. Odam, chumchuq, ravish, tuya.. kabi so’zlar bir ma’nolidir.

Birdan ortiq (bir necha) ma’nolarda keladigan so’zlar ko’p ma’noli so’zlar deyiladi. Ko’p ma’noli so’zlar polisemantik so’zlar deyiladi.

Ko’p ma’noli so’zlarda bosh (asosiy) va ko’chma ma’no bo’ladi.

кo’z

Odamning ko’zi

uzuk ko’zi

yog’och ko’zi

oynaning ko’zi

yoqa

ko’ylak yoqasi

yo’l yoqasi

tog’ yoqasi

daryo yoqasi

Ko’p ma’noli so’zlar omonim so’zlardan quyidagicha farqlanadi:

1. Ko’p ma’noli so’z bir so’zning bir necha ko’chma ma’noda kelishidir. Omonim esa bir xil shaklga ega bo’lgan birdan ortiq (bir necha) so’zdir. Masalan, o’t (olov), o’t (o’simlik), o’t (harakat), o’t (inson a’zosi).

2. Ko’p ma’noli so’zning ma’nolari o’rtasida bog’lanish seziladi. Omonim so’zlar ma’nolari o’rtasida yaqinlik sezilmaydi.

Объяснение:

ПОКАЗАТЬ ОТВЕТЫ
Другие вопросы по теме Другие предметы